Breaking News
Home / Asosiy / Koreyscha sanashni o’rganamiz

Koreyscha sanashni o’rganamiz

Insoniyat tarixining ibtidoiy davrlaridayoq qo‘lga kiritilgan o‘ljani qabila a’zolari o‘rtasida taqsimlash zarurati tug‘ilishi bilan sanash va sonlarga ehtiyoj paydo bo‘lgan. Huddi shu sabab ham, nafaqat koreys tilini, balki istalgan chet tilini o‘rganishda sonlar va sanash boshlang‘ich bilimlar sifatida qaraladi. Zero, «YOshingiz nechada?», «Telefon raqamingizni aytib yuboring.» «Soat necha bo‘ldi?» kabi elementar savollarga son va raqamlarni ishlatmasdan javob berishning iloji yo‘q. SHunday ekan, endi Siz bilan koreys tilida sanashni o‘rganamiz.

Koreys tilida bir paytning o‘zida tub koreyscha va xitoycha (xitoy tilidan o‘zlashgan) sonlarning ishlatilishi chet elliklar uchun noqulaylik tug‘diradi. CHunki boshqa hech bir tilda bunday holat kuzatilmaydi. Nisbatan kengroq ishlatilishini hisobga olib xitoycha sonlarni o‘rganishdan boshlaymiz.

Eng avvalo 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni yaxshilab yodlab oling. Audiotasmani tinglab, birgalikda talaffuz qilishni mashq qiling.



일 (иль) – bir




이 (и) – ikki



삼 (сам) – uch



사 (са) – to’rt



오 (о) – besh



육 (юк) – olti



칠 (чиль) – yetti



팔 (паль) – sakkiz



구 (ку) – to’qqiz



십 (шип) – o’n

 


Raqamlarni ravon aytishga til kelishishi uchun ularni quyidagi tartibda o‘qishni mashq qiling.

1-bosqich: ularni ikkitadan qilib 5 guruhga ajratib bir necha marta takrorlab o‘qing.

(il-i); (sam-sa); (o-yuk); (chil-pal); (ku-ship)

2-bosqich: Endi sonlarni teskari tartibda ikkitadan 5 guruhga ajratib o‘qing.

(ship-ku); (pal-chil); (yuk-o); (sa-sam); (i-il)

3-bosqich: ularni beshtadan qilib 2 guruhga ajratib bir necha marta takrorlab o‘qing.

(il-i-sam-sa-o); (yuk-chil-pal-ku-ship)

4-bosqich: Endi sonlarni teskari tartibda beshtadan 2 guruhga ajratib o‘qing.

(ship-ku-pal-chil-yuk); (o-sa-sam-i-il)

5-bosqich: Oxirgi bosqichda bir nafasda 1dan 10gacha sanang va darhol yana bir nafasda teskarisiga 10dan 1gacha sanang. YAna bir kichik maslahat, bu bosqichda faqat koreyscha yozuvga qarashgagina ruxsat etiladi. Imkon qadar unga ham qaramay yoddan aytishga harakat qiling.

;

;

O‘ylaymizki, sonlarni talaffuz qilishga tilingiz ancha kelishib qoldi. Endi esa ularni alohida ko‘rganda tez aytishni o‘rganish vaqti keldi. Buning uchun quyidagi testlarni qayta-qayta echish bilan bilimlaringizni mustahkamlang. Toki 100% aniqlikda tez javob berishga odatlaning.

 


Добавить комментарий