Breaking News

Xush kelibsiz! – 어서 어십시오!

    Assalomu alaykum!
         Siz bilan SamKI.Uz saytimizda uchrashib turganimdan bag’oyatda xursand va shodman. Ushbu Veb saytimiz siz azizlarga Koreys tili va uning madaniyatini o’rganish va u haqida ma’lumot olish uchun taqdim qilamiz.
Sir emaski Koreya Respublikasi barcha sohalarda O‘zbekistonning eng yaqin va eng ishonchli hamkorlaridan biri. Uzoq yillik samarali hamkorlik ikki davlat fuqarolarining o‘zaro bordi-keldi aloqalari bilan yanada mustahkamlanib, o‘z navbatida yurtdoshlarimizdan koreys tilini o‘rganishni talab qiladi.
seonam Корея

 

Sizni koreys tilini o‘rganishga majbur qilayotgan sabab quyidagilardan biri bo‘lsa ajab emas.
• Siz ulkan orzular bilan Koreyada o‘qib, malakangizni oshirmoqchimisiz?
• Koreyada ishlab qisqa muddatda ko‘p pul ishlamoqchidirsiz?
• Koreys tili imtihonlaridan o‘ta olmadingizmi?
• O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonalariga ishga kirmoq niyatidamisiz?
• Biznes va tijorat maqsadlarida Koreyaga yo‘lingiz tushmoqdami?
• Koreyalik hamkorlaringiz yoki do‘stlaringiz mehmonga taklif qilishyaptimi?
• Seriallardan sizga tanish bo‘lgan Koreya o‘lkasiga sayohatga otlandingizmi?
• Ha, Siz sevib turmush qurmoqchi bo‘lgan inson koreyalik!
Корея Узбекистан

 

Bu ro‘yhatni uzoq davom ettirish mumkin, lekin bunday qilib o‘tirmaymiz. Gap bunda emas. CHunki ular koreys tilini o‘rganishga motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi. Asl muammo koreys tilini o‘rganishga g‘ov bo‘layotgan omillarda. Nazar solsak, ular xam talaygina.
• Koreys tilini o‘rganish bo‘yicha o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalari uncha ko‘p emasligi;
• Mazkur tilni o‘rgatish bo‘yicha mutaxassislarning hududlar bo‘yicha tekis taqsimlanmagani, ko‘p hollarda malakali mutaxassislar etishmasligi;
• Til markazlariga qatnab koreys tilini o‘rganishda vaqt va mablag‘ning ko‘p talab etilishi;
• Koreys tilini o‘rganish bo‘yicha internet tarmog‘ida ma’lumotlarni qidirish, ularni umumlashtirish katta mashaqqat va ko‘p vaqt talab qiladi.
• Kitoblarda koreys tilining talaffuz va grammatik me’yorlarni to‘la yoritib berish imkoni yo‘qligi, shu sabab Koreyada amalda ishlatilayotgan koreys tili kitoblarda berilganidan farq qiladigandek tuyulishi;
Корея кук чой

 

Muammolarga tik qarab, uni hal qilganlar doim muvaffaqiyatga erishganlar. Nima bo‘lganda ham ortga chekinmang. YAna bir yangi ishtiyoq va shijoat bilan bizga hamroh bo‘ling. Eng so‘nggi til o‘rgatish uslublari, audio va mulьtimediya imkoniyatlaridan foydalangan holda sizga yordam beramiz. Biz bilan hech bir harajatlar va ortiqcha vaqt sarf qilmay, istalgan makonda koreys tilini o‘zbek tilida – ona tilimizda o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ling. Maqsadimiz siz aziz yurtdoshlarimiz Koreyada til borasida qiynalmasligingiz, koreys millati mentaliteti haqida tushunchaga oldindan ega bo‘lib, behuda stresslarga chap berib, muhitga tezda moslashib ketishingizga ko‘mak berish. Endi qaerda ekaningizdan qat’iy nazar koreys tilini muntazam o‘rganish imkoni bor.
Ushbu sayt nafaqat koreys tilini o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun, Koreya va koreys xalqi turmush tarzi, madaniyati bilan qiziqqanlar, yaqinlari Koreyada o‘qib yoki ishlab yurgan yurtdoshlarimiz uchun ham asqotishi mumkin. CHunki unda Koreyadagi yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatlari haqida ham ma’lumotlar berib borishni maqsad qilganmiz.
SAMKI.UZ – koreys tilini o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati. Koreya diyori haqida qiziqarli faktlar. Koreys madaniyati va Koreyadagi yurtdoshlarimizning o‘qish va mehnat faoliyatlari haqida maqolalar.

Hammasi hali oldinda.